Xabar berib o‘tganimizdek, joriy yilning 17 iyul kuni "O‘zdunrobita”
XK MChJning lisenziyasi 10 kunga to‘xtatilgan va 30 iyul kuni ushbu muddat yana 3 oyga uzaytirilgan edi. Shu bois, MTS O‘zbekiston savdo belgisi ostida xizma ko‘rsatuvchi
mazkur uyali aloqa operatori mijozlari boshqa kompaniyalarga ulanishga majbur bo‘lishdi.
Hozirda Ucell va
Bilayn MTS O‘zbekistonning sobiq mijozlariga xizmat ko‘rsatmoqda. Lekin bir vaqtda
minglab yangi mijozlarning oqib kelishi ushbu operatorlar ishini ham bir zum qiyinlashtirib
qo‘ygani bor gap. Buni abonentlarning
aloqa sifatidan shikoyat qila boshlashganidan ham bilish mumkin. MTS abonentlarining
boshqa uyali aloqa operatori xizmatidan foydalana boshlaganlariga yaqinda bir oy
bo‘ladi. Xo‘sh, ularga bu qanchalik manzur
bo‘lmoqda, yoki aksincha kim yangi operatori xizmatidan mamnun emas?
Saytimizda o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok
etganlar aynan mana shu savollarga o‘z fikrlarini bildirishdi. Unga ko‘ra, ovoz
berganlarning 667 nafari yoki 76.9% Ucell va Bilaynning MTS o‘rnini bosa olmayabdi,
deb hisobyalaydi, aksincha 200 kishi yoki ovoz berganlarning 23.1% yangi operatori
faoliyatidan mamnunligini bildirgan. Eslatib o‘tamiz, mazkur so‘rovnomada Afina.Uz
saytining 867 nafar foydalanuvchisi ishtirok etgan.
Ucell va
Beeline MTS ning o‘rnini bosa olayaptimi?
Ha 200 (23.1%)
Yo‘q 667 (76.9%)
JAMI OVOZLAR SONI: 867 ta.