Yangilangan MTS – “Universal Mobile Systems” kompaniyasi bosh direktori etib, rossiyalik Dmitriy Nagorniy tayinlandi.
42 yoshli Nagorniy joriy yilning avgust oyiga qadar Oltoy o‘lkasi MTS filiali boshchilik qilgan edi. Ma’lumotiga ko‘ra huquqshunos, 10 yil davomida MTSning Sibir filialida huquqshunoslik qilgan.
D. Nagorniy o‘zining MTSdagi faoliyatini 1998 yili boshlagan.
Oilali, ikki farzandning otasi.
Eslatib o‘tamiz, “UMS” mobil operatori o‘z faoliyatini 2014 yil 1 dekabrdan boshlaydi.