UMS mobil aloqa operatori logotipi internetda paydo bo‘ldi
2014 yilning 15 oktabr kuni Mobile.uz forumida paydo bo‘lgan UMS mobil aloqa operatorining logotipi sobiq «MTS-O‘zbekiston» kompaniyasining Farg‘ona viloyatidagi bosh ofisi peshtoqi oldida paydo bo‘ldi. Bu haqda kun.uz xabar bermoqda.
Ushbu e’lon fotosurati Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhiga joylashtirilgan.
Tasvirdan ma’lum bo‘lishicha, «MTS-O‘zbekiston» logotipidagi belgi o‘z o‘rnida qolgan, faqat «MTS» so‘zi o‘rniga «UMS» so‘zi mavjud. Aytish lozimki, yangi kompaniya logotipi aynan shu ko‘rinishda bo‘lishi UMS vakillari tomonidan tasdiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, faoliyati 2012 yilda amalda to‘xtatilgan «MTS-O‘zbekiston» («O‘zdunrobita») negizida tashkil etilayotgan UMS aloqa operatori 2014 yil 1 dekabrdan tijoriy faoliyatini yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.
UMS BÖYICHA XABAR ETIYMI? Sifati a'lo! Internetda skorost kuchli böladi,ammo... Daqiqasiga 10sent tölaysizlar,megabaytiga 20sent,abonentskaya 10sent. Har yaxshining bitta yoqimsiz tomoni böladi