1-dekabr kuni ochilishi kutilayotgan UMS mobil operatori SIM-kartalari aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.
Taxminlarga ko‘ra, xuddi shu SIM-kartalar 1-dekabrdan boshlab abonentlarga taqdim etiladi. Ta’kidlash joiz, ushbu fotosuratlar va unda aks etgan SIM-kartalar aynan UMS’ga tegishili ekanligi kompaniya tomonidan tasdiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, 24-noyabrdan boshlab UMS o‘z rasmiy sayti va bosh ofisi devoriga o‘rnatilgan tablo orqali kompaniya ishga tushishini anglatuvchi teskari hisobni boshlagani haqida xabar bergan edik.