Ucell barcha telefonlarga mos keluvchi SIM-kartani taqdim etdi
Ucell aloqa operatori O‘zbekistonda birinchi bo‘lib MultiSIM
xizmatini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya sayti xabar bermoqda.
MultiSIM bu bir nechta adapterlarga ega bo‘lgan nano
SIM-karta bo‘lib, u kesish yoki almashtirishsiz turli telefonlarda talab
etiladigan hajmga keltirish imkonini beradi. MultiSIM adapterlaridan
foydalanib, SIM-kartani kerakli — oddiy, mikro-SIM va nano-SIM
formatlarga keltirish mumkin.
MultiSIM karta kiritilgan ulanish paketining
narxi: ulanish uchun 2000 so‘m va MultiSIM xizmati
uchun 0,90 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Ucell SIM-kartasini MultiSIM kartaga almashtirish narxi esa
1 dollardan iborat. Xizmat kompaniyaning haqi oldindan to‘lanadigan tizim
(Prepaid) abonentlari uchun amal qiladi.