Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

UMS operatori rasmiy sayti — ums.uz to‘liq ishga tushdi

1-dekabrdan tijoriy faoliyatini boshlashi kutilayotgan UMS mobil operatori bugun 30-noyabrdan o‘z rasmiy saytini ishga tushirdi.
UMS.uz manzilida joylashgan saytda 24-noyabrdan operator faoliyati boshlanishiga necha kun qolgani ko‘rsatib turilgan edi. Bugundan ishga tushgan sayt hozirda faqat rus tilidagi versiyasiga ega va uch yirik bo‘limdan iborat: “Xususiy mijozlarga”, “Korporativ mijozlarga”, hamda “Kompaniya haqida”.
Kompaniya rasmiy saytida berilgan xususiy va korporativ tariflar, shuningdek internet-paketlar haqidagi ma’lumot UMS ovozli xizmati orqali olingan ma’lumot bilan mos keladi. Qo‘shimcha sifatida barcha tariflarda xalqaro chiqish SMSlari 15 sent, xalqaro chiqish MMSlari esa 30 sentdan bo‘lishi ko‘rsatilgan.
“Kompaniya haqida” bo‘limiga kirilganda saytning bosh sahifasiga qayta yo‘naltiriladi.
Shuningdek, chiroyli raqamlar uchun alohida tariflar ham joriy etilgan. 10 ming dollar turadigan “Platina” raqamlar sohiblari kuniga 20 sent abonent to‘lovi ham to‘laydi. “Super oltin” raqamlar narxi 5 ming dollar, kunlik abonent to‘lovi 20 sent, “Oltin” raqamlar narxi 1000 dollar va kunlik abonent to‘lovi 15 sent, “Kumush” raqamlar narxi 500 dollar va kunlik abonent to‘lovi 10 sent hamda “Bronza” raqamlar narxi 100 dollar va kunlik abonent to‘lovi 5 sent ekanligi ko‘rsatilgan.
“Super platina”, “Platina” va “Super oltin” raqamlar uchun to‘lovlar “Valyuta nazorati” to‘g‘risidagi qonunning 18-moddasiga binoan xalqaro to‘lov kartalari orqali AQSh dollarida, “Oltin”, “Kumush“ va “Bronza” raqamlar uchun to‘lov Markaziy bankning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshirilishi ma’lum qilingan.
Manba:daryo.uz


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 11024 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: UMS
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
joha2559 qachon ommaviy chiqarishadi
Like | 0
Boybola nomer olaman dip turgan abanentla ertalab saxar soat 6 da navbatga turib, kech soat 5 larda olishmoqda shuncha vaqt abanentlani ushlab turishga nima sabab chunmadim
Like | 0
Zilola03 Oldingide iwlarmikin? lekin qimmat oladide
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное