UMS mobil aloqa operatori “Millionlar yaqin!” aksiyasini boshladi
UMS (Universal Mobile Systems) mobil aloqa operatori 2015-yil 10-sentabrdan 2015-yil 31-oktabrgacha bo‘lgan davrda yutuq fondi 125 000 000 so‘mni tashkil etuvchi “Millionlar yaqin!” aksiyasini o‘tkazadi.
Aksiyada qatnashish uchun UMS’ning amaldagi yoki yangi abonenti bo‘lish, shuningdek, aksiya o‘tkazilayotgan davrda 7$ va undan ortiq mablag‘ sarflash zarur. Aksiya butun O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladi, yutuqlar o‘ynalishi esa 2015-yil 18-noyabr kuni Milliy teleradiokompaniyaning markaziy kanallaridan birida namoyish qilinadi.
O‘n nafar abonentning har biri 1 000 000 so‘mlik sovrinlarga ega bo‘ladi, aksiyaning uch nafar ishtirokchisi 5 000 000 so‘mdan olishadi. Aksiyaning bosh sovrini esa 100 000 000 so‘mni tashkil etadi.
— “Millionlar yaqin!” aksiyasi mobil operator o‘z abonentlarining umidlarini ro‘yobga chiqarishga va ularga tobora ko‘proq afzalliklar berishga naqadar intilayotganligini aks ettiradi. UMS talablarga mos aloqa xizmatlarini taqdim etish bilan cheklanmaydi. Biz mijozlarga murakkab shartlarsiz o‘zlariga munosib sovrinlarni yutib olish imkonini berayapmiz. UMS abonenti, mobil xizmatlarning faol foydalanuvchisi bo‘lish kifoya. Internet-to‘plamlar, tovushli aloqa, SMS’lar – zarur va har kuni foydalaniladigan shu xizmatlarning barchasi katta pul yutug‘ini olib kelishi mumkin. Aksiya ishtirokchilari mutlaqo teng imkoniyatlarga ega, — deb ta’kidlaydi Marketing va operatorlik biznesini rivojlantirish departamenti direktori Andrey Mamayev.
Shu yil 10-sentabrdan 31-oktabrgacha o‘z balansidan 7$ dan ortiq mablag‘ sarflagan har bir yangi va amaldagi abonentga UMS kompaniyasi SMS-xabar yuborib, ular Aksiyaning chin ishtirokchilariga aylanganliklarini, shuningdek, yutuq o‘ynaladigan aniq vaqt hamda telekanal nomini ma’lum qiladi.
“Millionlar yaqin!” aksiyasining qoidalari bilan UMS’ning rasmiy saytida batafsilroq tanishish mumkin.
Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan