Beeline aloqa operatori Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari
uchun "Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasini boshladi. Bugun, 25-apreldan boshlab
kompaniyaning barcha 28 ofisida uyali so‘zlashuv punktlari ochildi, u yerdan
frontoviklar va front orti mehnatkashlari dunyoning istalgan nuqtasiga bepul
qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkin, deb xabar berdi Beeline matbuot
xizmati.
Beeline
shaxsiy ofislarini oson identifikatsiya qilish uchun u yerlarda aksiyaning
maxsus imidji joylashtiriladi. "Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasi O‘zbekistonning
20 ta shahari — Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon,
Guliston, Samarqand, Jizzax, Qarshi, Termiz, Buxoro, Navoiy, Nukus, Urganch,
Denov, G‘ijduvon, Zarafshon, Shahrisabz, Angren va Marg‘ilonni qamrab oladi.
— Bu
yil aksiya oltinchi marotaba respublikaning o‘nlab yirik shaharlarini qamrab
olgan holda yanada keng miqyosda bo‘lib o‘tmoqda, — deydi kompaniyaning hududiy
rivojlantirish bo‘yicha direktori G‘ulom Ortiqov. – Faxriylarimizga boshqa
mintaqa va shaharlardagi yaqinlarining va polkdoshlarining ovozlarini eshitish
va ular bilan xotiralarni bo‘lishish kabi imkoniyat sovg‘a qilishga umid
qilamiz”.
Eslatib
o‘tamiz, "Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasi 25-apreldan 10-maygacha
O‘zbekistonning 20 ta shahrida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.