UMS 10 dollarga “navbatsiz raqam olish” xizmatini ishga tushirdi
1-dekabrdan faoliyatini boshlagan UMS aloqa operatori navbatsiz raqam olish xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytidagi ma’lumotga asoslanib “Kun.uz” xabar berdi.
Unga ko‘ra, kompaniyaning o‘z ofislari, jumladan Toshkentdagi bosh ofislariga (Labzak va Oloy bozori yaqinidagi) ulanish uchun tashrif buyurgan mijoz katalogda mavjud bo‘lmagan, “chiroyli raqam” tarifiga mos bo‘lmagan raqamlarni olishni istasa, 10 AQSh dollari xizmat haqi to‘lashi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, kompaniya alohida kategoriyadagi raqamlarning boshqa kishiga o‘tkazilishi xizmati hozirda ko‘rsatilmasligini ham ma’lum qilib o‘tgan.