AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya hukumati bilan aloqada ayblangan bosh maslahatchisi hamda kuyovi Jared Kushnerga to`liq ishonishini ma`lum qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
U bu haqda The New York Times gazetasiga 28 may kuni bergan intervyusida shunday dedi: “Jared mamlakat uchun ko`p ishlarni amalga oshirdi. Men unga to`liq ishonaman. Jared davlatimizning milliard dollarlab pulini tejash maqsadida turli dasturlar ustida ish olib bormoqda”. Amerika etakchisi Kushner “juda yaxshi insonligi”ni ham ta`kidlab o`tdi.