Telegram’ning iOS va Android ilovalarida va messenjerlarning desktop-versiyalarida yangi qo‘shimcha funksiya paydo bo‘ldi.
Endi xabar yuborilgandan so‘ng uni o‘zgartirish mumkin. Yuborilgan xabarni o‘zgartirish uchun uni alohida ajratib olib, “tahrir qilish” (“edit”) tugmachasi bosiladi.
Xabar tahrir qilib bo‘lingach, uning yonida “tahrir qilib bo‘lindi” (“edited”) degan yozuv paydo bo‘ladi.
Xabarlarni ikki kun vaqtgacha o‘zgartirish imkoni mavjud.