"VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram loyihasi
asosichisi Pavel Durov 2014-yilning 25 va 26-yanvarida Telegram’da qayddan
o‘tgan a’zolar soni haqidagi statistikani Roem.ru saytiga taqdim
etdi. Aniqlanishicha, so‘nggi kunlarda Telegram’ga butun dunyodan kuniga 100
mingga yaqin yangi a’zo qo‘shilyapti.
Keltirilgan statistikaga ko‘ra, bur sutkada 3000 ga yaqin
o‘zbekistonlik Telegram’ga a’zo bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston 8—9-o‘rinlarni egallab turibdi.
Pavel
Durovning so‘zlariga qaraganda, messenjer hech qayerda reklama qilinmaydi,
Telegram’ni foydalanuvchilarning o‘zlari ijtimoiy tarmoqlar orqali yaqinlariga
tavsiya etishadi. Misol uchun, Twitter orqali Ispaniyada bu
messenjerni tavsiya etishlar holatini ko‘rish mumkin.
Yana
statistikaga murojaat etadigan bo‘lsak, Telegram’dan kuniga bir milliondan
ortiq kishi foydalanadi.
Ma’lum
qilinishicha, messenjerni ko‘chirib olishlarning 80 foizi Android tizimidagi
qurilmalarga to‘g‘ri keladi. Foydalanuvchilarning aksariyati arab mamlakatlari:
Saudiya Arabistoni, Ummon, Bahrayn, Livan kabilardandir. Yevropadan esa faqat
Ispaniya faolroq, Rossiya bo‘lsa reytingda 7—9-o‘rinlarda – Telegram
a’zolarining atigi 4 foizi u yerdan kiradi.
Hozirda
Google Play ma’lumotiga ko‘ra, Telegram’ning ikkita eng ommabop versiyasi 500
000—1 000 000 000 hamda 100 000—500 000 marta o‘rnatilgan. Ammo
Pavel Durov bu ko‘rsatkichlar eskirganini, messenjerni o‘rnatishlar soni
allaqachon milliondan oshib ketganini ta’kidlaydi.
Google Play
do‘koni ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab
olinayotgan dasturlar ichida Telegram 4-o‘rinni, WhatsApp esa 1-o‘rinni egallab
turibdi.
WhatsApp
messenjeri foydalanuvchilari sonini esa Google Play 100—500 million nafar, deb
ko‘rsatmoqda. WhatsApp tarqatgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu messenjerdan
foydalanuvchilar soni 400 millionga yetgan.