WhatsApp’ning asosiy raqobatchisiga aylanishi kutilayotgan
Telegram’ning Windows Phone operatsion tizimi uchun dasturi 2014-yil yanvarida
taqdim etilishi e’lon qilindi, deb yozmoqda Winbeta sayti.
Hozirgi kunda Telegram’ning Android va iOS platformalari
uchun versiyalari mavjud.
Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun
dasturlar do‘koni — Google Play’da ayni paytda o‘zbekistonliklar orasida eng
ommabop bo‘lgan dastur Telegram ekanligi, yurtdoshlarimizning bir paytlar
sevimli bo‘lgan WhatsApp’i esa Telegram’dan keyingi ikkinchi o‘ringa tushib
qolgani haqida avval xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, WhatsApp so‘nggi kunlarda texnik
muammolarga duch kelgani sababli o‘zbekistonlik WhatsApp foydalanuvchilari
ommaviy tarzda Telegram dasturiga o‘tishni boshlagan, texnik nosozliklar haqida
WhatsApp rasmiy tvitteri ham xabar bergan edi.
Telegram dasturi WhatsApp’ga juda o‘xshash bo‘lsa-da,
ishlash tezligi, butunlay bepulligi va yuborilayotgan xabarlar shifrlanishi
uning ustun tomonlaridan biri, deb ko‘rsatilgan dastur rasmiy saytida. Hozirgi
paytda Telegram iOS, Android, Windows va Mac OS X operatsion tizimlarida
ishlaydi. Dasturning Java versiyasi ustida ish olib borilayotgani haqida
dasturchi Denish Olshin o‘zining "Vkontakte”dagi sahifasida xabar beradi.