Rossiya davlat dumasi WhatsApp va Telegram’ni jarimaga tortmoqchi
Rossiya davlat dumasi WhatsApp, Telegram messenjerlarini jarimaga tortmoqchi. Bunga ularning Federal xavfsizlik xizmati (FCB)ga xabarlarning kodini ochish bilan bog‘liq ma’lumotlarni bermaganliklari sabab bo‘lmoqda.
Internet tarmoqlarida axborot tarqatuvchilar tomonidan federal ijro etuvchi organlarga xavfsizlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan ma’lumotlar kodlarini ochib berish majburiyatini bajarilmagan taqdirda, jarima to‘lanishi shart. Unga ko‘ra, fuqarolarga 3-5 ming rubl miqdorida, mansabdor shaxslarga 30 mingdan 50 ming rublgacha va yuridik shaxslarga esa 800 mingdan 1 million rublgacha jarima solish taklifi berilmoqda, deyiladi xabarda.
Davlat dumasi vakili Vadim Denginning so‘zlariga ko‘ra, yangi qonun loyihasi messenjerlarga, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa shifrlangan ma’lumotlardan foydalanadiganlarga taalluqli.
Ma’lumot o‘rnida, Telegram asoschisi Pavel Durov xavfsizlik xizmatlari bilan hamkorlik qilmaslik va messenjerdagi ma’lumotlarning sirliligini saqlab qolish uchun 2014 yil Rossiyadan chiqib ketgan edi.