Toshkentdagi do‘konlarda Whatsapp, Telegram va Viber muzqaymoqlari paydo bo‘ldi
Whatsapp, Telegram, Viber va Odnokashniki deb nomlangan muzqaymoqlarning suratlari “Jamoatchilik nazorati” guruhida paydo bo‘ldi.
Internet foydalanuvchilari Odnokashniki bu – Odnoklassniki (ijtimoiy tarmoq nomi) bo‘lishi kerakligini aytib, ishlab chiqaruvchilarning xatosini qayd etishmoqda.
Bunday muzqaymoqlarning ishlab chiqaruvchilari hozircha ma’lum emas. Ular o‘z mahsulotlarini ommabop mobil ilova va ijtimoiy tarmoqlar nomi bilan atab, xaridorgir bo‘lishni ko‘zlashgani taxmin qilinmoqda.