Telegramni buza olgan kishiga 200 000 dollar va’da qilindi
Pavel Durov uning Telegram messenjeridagi yozishmalari
shifrini buza olgan va buni amalga oshirish yo‘lini tushuntirib bergan kishiga
200 ming dollar va’da qildi. Bu haqda LookAtMe nashri xabar berdi.
Telegram’ning kelajagi haqidagi muhokamada bildirgan fikrida
Durov messenjerda mavjud algoritmning munozaralarga sabab bo‘layotganini
ta’kidlab, ushbu bahslarga o‘ziga xos yakun yasashni taklif qildi. Buning uchun
Telegram trafigi shifrini buzish bo‘yicha tanlov e’lon qilish taklifini
kiritdi. Durov Telegram’da ro‘yxatdan o‘tganidan buyon olib borgan yozishmalari
trafigini ochib qo‘yishini, uni rasshifrovka qilgan kishiga 200 ming dollar
topshirishini ma’lum qildi.
"Natijada Telegram o‘zida mavjud kamchiliklarni ko‘rib,
maxsus xizmatdan yanada kuchliroq himoyalanadi yoki o‘z protokolining mustahkam
ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi”, — deya qayd etdi Durov.