Nokia 2014-yilda Android smartfoni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Bugun The Verge nashri Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi
Android operatsion tizimida ishlaydigan Nokia Normandy smartfoni ustida ish
olib borayotganini tasdiqladi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon xuddi Amazon Kindle Fire
planshetlari singari Androidning kuchli o‘zgartirilgan versiyasida ishlaydi. Nokia
Normandy smartfonida Google Play Store do‘konidagi ommabop dasturlarning
ko‘pchiligini ishga tushirsa bo‘ladi. Buning ustiga, smartfon juda arzon narxga
sotilishi rejalashtirilmoqda.
Xabar berilishicha, hozir mazkur loyiha ustida ish boshlab
yuborilgan. Smartfonni 2014-yilda e’lon qilish rejalashtirilmoqda, biroq
Microsoft tomonidan fin mobil bo‘limining sotib olishi haqidagi shartnomadan
so‘ng Normandy taqdiri qanday kechishi hali noma’lum.