Daily Mail saytida ziyraklik bo‘yicha test (A Test of Wits)
natijalari aks etgan maqola e’lon qilindi. Ladbrokes brokerlik kompaniyasi
buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqilgan mazkur testning o‘ziga xosligi shundaki,
uning har bir ishtirokchisi o‘ziga qaysi mobil qurilma ishlab chiqaruvchisi
(Apple, Samsung, Nokia, Motorola, Blackberry yoki boshqasi) mahsuloti ko‘proq
yoqishini ham ko‘rsatishi lozim. Bu haqda siliconrus.com sayti xabar bergan.
Test atigi
yettita savoldan tarkib topgan, ammo ulardan har biriga to‘g‘ri javob bergandan
keyingina navbatdagi savolga o‘tish mumkin edi. Aniqlanishicha, o‘rta hisobda
olganda, Apple mahsulotlarini yaxshi ko‘ruvchilar savollarga boshqa
platformalar ishqibozlaridan ko‘ra tezroq javob berishgan.
Mana,
o‘rtacha natijalar quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan:
Apple: 94
soniya
Google: 99
soniya
Samsung:
103 soniya
HTC: 105
soniya
Nokia: 109
soniya
BlackBerry:
118 soniya
Mingdan
ortiq kishi ishtirok etgan so‘rovda Blackberry tarafdorlari eng past
ko‘rsatkichni namoyon etib turishibdi.
Testdagi
savollar taxminan quyidagicha bo‘lgan:
1 dan 100
gacha bo‘lgan sonlar qatorida nechta 9 raqami bor? a) 19 b) 20 c) 9 d) 1 e) 14
Nechta oy
tarkibida 28-sana bor? a) 1 b) 12 c) 24 d) 10
Ikkita it
va ikkita o‘rdakning oyoqlari jami nechta bo‘ladi? a) 8 b) 10 c) 12 d) 14
Xo‘sh,
o‘zingizda ziyraklik darajasi qanday ekan?