SUPER HABAR: UMS yangi tarif rejasini ishga tushirdi
“MTS-O‘zbekiston” mobil aloqa operatori o‘rnida o‘tgan yilning 1 dekabr kunidan faoliyat boshlagan UMS’ning jismoniy shaxslar uchun tariflari soni 4taga yetdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar qilindi.
Bungacha Start, Maxi va Absolut (VIP) tarif rejalari mavjud edi. To‘rtinchi tarif esa Optima deb nomlanadi.
Optima tarif rejasiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab UMS aloqa operatorining ichki qo‘ng‘iroqlari uchun 250 daqaqalik bepul bonus, 100 Mblik internet trafigi beriladi. Kirish qo‘ng‘iroqlari bepul.
Shuningdek, 250 daqiqalik bonus tugagandan keyin, ichki qo‘ng‘iroqlar daqiqasiga 2 sentdan hisoblanadi, boshqa mobil operatorlariga tegishli raqamlar va shahar uy telefonlariga chiqish uchun esa daqiqasiga 2,5 sentdan to‘lanadi.
Bu tarif rejasida kiruvchi smslar tekin, UMS raqamlariga jo‘natiladigan smslar 2 sentdan, boshqa mobil operatorlariga tegishli raqamlarga jo‘natiluvchi smslarning har biri uchun 2,5 sent olinadi.
Xalqaro smslar narxi esa 15 sent qilib belgilangan.
Raqam bilan birga berilgan 100 Mb internet trafigi tamom bo‘lgach, har kuni 1 Mb trafik berib boriladi.
Optima tarifida abonent to‘lovi bir oyda 5 dollardan iborat.
Bu tarifga o‘tish uchun, *111*102# teriladi yoki sms orqali 616102 manziliga 1 raqami yuboriladi.
Manga yoqadi UMS. Ochilgandan darrov raqam olganman. Qimmatning himmati bor deydimi, svyaz zör har doim, tormozlanish,qotib qolsh umuman UMSga begona ekan. Maza qip ishlatib yuribman,ayniqsa bonuslarni aytmaysizmi! 600megasini yotvolib tarona.netga sarf qilaman,nima chiqsa darrov skachat qip olaman (chunki manga 600MG BEPULGA BERILADI.