Hindiston Oliy sudi 24 yoshli fuqaro Kerala Axila Ashokan va musulmon bo‘lgan Shafin Jahon o‘rtasidagi nikohni bekor qilish haqidagi qarorni qabul qildi.
Ushbu ajrimning qiziq tomoni shundaki ikki yoshning hech biri ajrashish uchun shaxsan ariza bermagan.
Axila universitetda o‘qib yurgan vaqtida hindulik e’tiqodidan voz kechib Islom dinini qabul qilgan va sal o‘tib dindosh bo‘lgan Shafin ismli yigitga turmushga chiqqan. Ammo bundan xabar topgan qizning otasi Hindiston Oliy sudiga murojaat qilgan.
Sud Axilaning otasi bergan arizani qabul qilib, ikki yoshning nikohini bekor qilish haqida qaror qabul qildi. Sud qarorida “Oila - bu inson hayotida qabul qilishi mumkin bo‘lgan eng muhim qaror bo‘lib, uni ota-onaning faol ishtiroki bilangina hal etish zarur”, “qiz turmush qurayotganda ojiz va oson boshqarilgan” degan jumlalarni ko‘rish mumkin.
Sud o‘z ishini xali tugatmagani sababli, hozircha qiz ota-onasining uyida majburan ushlab turilibdi. Uy atrofida qo‘riqchilar bo‘lib, uning tashqariga chiqishiga ruxsat etilmagan.
Axilaning turmush o‘rtog‘i sud qaroriga nisbatan norozilik bildirib, “sud qarori hind ayollarining erkinliklari va mustaqil qaror qabul qilishdagi huquqlarini poymol qiluvchi” ekanini ta’kidlagan.