Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 14 may kuni IIBga mudhish qotillik sodir bo‘lgani haqida xabar beriladi.
IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yilning 10 may kuni Fidokorlar ko‘chasida yashovchi X.D. janjal oqibatida otasi P.D.ning boshi va yuziga urib-tepib jiddiy jarohat yetkazgan.
Natijada P.D. shifoxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Otaning o‘limiga sabab bo‘lgan X.D. esa qo‘lga olinib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.