Bilolxo‘janing qo‘shig‘i ham otasiniki kabi ommalasharmikin?
“Bojalar” guruhining marhum vakili Mo‘min Oripovning o‘g‘li, jajji “yulduz” Bilolxo‘ja Oripov bir vaqtlar otasi kuylagan “Jiyda” nomli qo‘shiqni qayta kuyladi.
“Bojalar” guruhi endigina tuzilgan vaqtlarda mazkur tarona o‘smir yigit-qizlar orasida juda ommalashgan edi. Bu qo‘shiq hozirga qadar “Bojalar”ning eng xit qo‘shiqlaridan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bilolxo‘ja Oripov ijrosidagi “Jiyda” ham ommalashib, o‘zining ikkinchi umrini boshlab berarmikin yoki muvaffaqiyatsizlikka uchraydimi? Qo‘shiqqa eng xolis bahoni doimgidek muxlislar beradi. Bilolxo‘ja Oripov ijrosidagi “Jiyda” qo‘shig‘ini saytning musiqa bo‘limida tinglash va ko‘chirib olish imkoniyatiga egasiz.
Eslatib o‘tamiz, Biloxo‘ja Oripov ayni damda Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqiy akademik litseyining ikkinchi sinfida tahsil olyapti.