Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Klon-soundtreck
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Ayol Qalbi - True Love
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Erim onasining vafotida otasini ayblaydi...


— Qaynonam olamdan o‘tganiga bir yildan oshdi. Qaynotam bilan bir hovlida yashaymiz. Turmush o‘rtog‘im ham, qaynotam ham yaxshi inson. Faqat bir-birlari bilan chiqisha olishmaydi. Ularning orasini isloh qilaman deb o‘rtada sarson bo‘layapman. Aslida, xo‘jayinim bolalikdan onasining erka o‘g‘li edi. Rahmatli qaynonam bolalariga otasini bir og‘iz maqtaganini eslolmayman. Hatto, onasining vafotida ham erim otasini ayblaydi. Aslida, qaynonam xastalikni o‘tkazib yuborgani uchun olamdan ko‘z yumgan. Qaynopalarim biri olib, biri qo‘yib uyga qaytavergani ham dard ustiga chipqon bo‘lgandi o‘shanda. Biroq erim barini otasidan ko‘radi. Qaynotam ham o‘g‘liga to‘g‘ri muomala qilmaydi. Yaxshi pul topgani, ro‘zg‘orning asosiy ta’minotchisi bo‘lgani uchun o‘ttiz yoshga to‘lgan o‘g‘lini yosh boladek tergaydi. «Bolalaringni o‘zing boq», deydi nuqul. Mahalladagi tengdoshlari, do‘stlari bilan solishtiradi. Nimagadir erimning yaxshi tomonlarini ko‘rmaydi. Turmush o‘rtog‘im ham qo‘rs, qo‘pol odam. Salga asabiylashib ketadi. Shunga uyimizda tinchlik yo‘q. Men esa ota-bola tinch yashashsa, qaynotam katta odam sifatida o‘g‘liga ozgina mehr ko‘rsatsa, deyman. Bir-birlariga qancha maqtasam ham, yarashtirib qo‘yishga urinsam ham befoyda. Ularning orasida mehr uyg‘otish uchun nima qilishim lozim?

Latofat, Farg‘ona viloyati

Qaynonajon: — Ota-bolani yarashtirish savobli ish. Qolaversa, bir kun urish bo‘lgan xonadondan qirq kun baraka ketadi. Balki turmush o‘rtog‘ingiz otasini rozi qilishga shoshilmayotgani uchun topish-tutishidan baraka ketgandir. Qizim, siz rafiqa bo‘lib xo‘jayinga otasini hurmat qilishi lozimligini uqtiring. Endi erkalikni tashlab, hayotga jiddiyroq nazar soladigan payti keldi. Axir bu qaytar dunyo. Hozir u otasiga qanday muomala qilsa, ertami-kechmi ekkanini o‘radi. Qolaversa, ota-ona hech qachon farzandiga yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Qaynotangiz ham o‘zidan keyin nabiralarining holi ne kechishini o‘ylab, o‘g‘lini to‘g‘ri yo‘lga yo‘llamoqchi bo‘lishi mumkin. Bolasining fe’li yaxshi tomonga o‘zgarib, tarbiya topayotganini ko‘rgan ota ham qattiqqo‘llik qilmay, biroz yumshaydi. O‘zingiz bu ishni qilishga qiynalsangiz, eringiz hurmat qiladigan tog‘a, amakilardan yoki ilmli kishilar, imomlardan yordam so‘rang. Ular odamlarni yaxshilikka yo‘llash usullarini bilishadi.

Ruhshunos: — Ota-bola o‘rtasidagi muammolar kecha yoki bir necha yil avval yuzaga kelib qolgan emas. Bu ruhiy og‘riq bolalikdan mavjud. Chunki kichikligida ota yoki onaga tuyg‘ularini aytolmagan insonlarda salbiy emotsiyalar yig‘ilib-yig‘ilib g‘azab, alam, ba’zida nafratga aylanadi. Odatda inson o‘zidagi mana shu tuyg‘ularni anglagan paytga kelib ota-onasi o‘zgarishlarni qabul qila olmaydigan yoshga yetib qoladi. Axir farzandiga noto‘g‘ri muomala qilgani, umri davomida bergan tarbiyasi o‘g‘lining ruhiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazganini tan olishga otaning madori yo‘q. Buni tan olsa, o‘zini ayblay boshlaydi. Demak, azoblanishga mahkum. Shuning uchun bariga farzandini ayblab, yanada qatiqqo‘llik qila boshlaydi. Albatta, ota o‘zi tushunib bunday qilmaydi, biz aytgan jarayonlar ong ostida kechadi. Nima qilish kerak? Ota uning so‘zlarini eshitadimi-yo‘qmi, bola ichidagi gaplarni aytishga intilishi darkor. Baqir-chaqir bilan emas, xotirjam holatda! Avval otasi bilan gaplashganda nimalarni his qilayotganini (xafalik, g‘azab, alam) o‘zi tushinishi, so‘ng tuyg‘ularini gapirishi lozim. Ko‘ngildagi alamdan butunlay forig‘ bo‘lib, erkin nafas olish uchun esa mutaxassis bilan ishlashni tavsiya qilishimiz mumkin.




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 3942 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ayblaydi, onasi, Erim, vafotida, otasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное