Ispaniya prokuraturasi “Barselona” hujumchisi Lionel Messining bo‘ynidan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash aybini soqit qildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchining moliyaviy ishlarini bir necha yillar davomida uning otasi Xorxe Orasio Messi olib borgan. Prokuratura Messining otasiga 18 oylik qamoq jazosi va 2 mln yevro miqdorida jarima so‘radi.
Lionel Messi va uning otasiga nisbatan soliq to‘lamaslik bo‘yicha ish 2013 yilda ochilgan. Tergov futbolchi Ispaniya g‘aznasiga 4 mln yevrodan ko‘proq soliq to‘lamaganini aniqlagan. Lionel bu mablag‘lardan foydalanish yoki ularni taqsimlash borasida qarorlarni qabul qilishda ishtirok etmagani uchun undan barcha ayblovlar olindi. Avvalroq futbolchi umrida biror soniya vaqtini ham shartnomalarni yoki moliyaviy hujjatlarni o‘qishga ajratmaganini aytgan.
Lionel tergov bilan hamkorlik qilib, 10 mln yevrodan ko‘proq soliq to‘lab berdi. Lionel barcha ayblovlar batamom olinishi uchun yana 15 mln yevro to‘lab berishga tayyor edi, biroq mahalliy hokimiyatning rad javobini oldi.