Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda kelayotgan dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin

20-23 avgust kunlari O‘zbekistonda havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati ma’lum qildi.
Mamlakatimiz shimoli – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 21-23 avgustda kechasi 13-18° gacha, kunduzi 25-30° gacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-23 avgustda kechasi 17-22° gacha, kunduzi 27-32° gacha pasayadi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham hafta oxirida havo haroratining pasayishi kutilmoqda. 22-23 avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 22-23 avgustda 17-22°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
Yurtimizning janubiy viloyatilari – Qashqadaryo va Surxondaryoda ham havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 29-34° gacha pasayadi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22-23 avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi esa 25-30° gacha pasayadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgarib turadi, 22-23 avgustda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5510 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kelayotgan, O‘zbekiston, mumkin, ob-havo, yomg‘ir yog‘ishi, Dam olish kuni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
@Kamilla@ Havo tezro sovu bosa yaxshiro bolardi
Like | 0
NaTaLi Xaa ;)
Like | 0
_KLEOPATRA_ Haliyam issu :(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное