O‘zbekistonda havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda
Yaqin ikki kun ichida O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgarishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” mutaxassislari ma’lumot bermoqda.
“25 aprel kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida, 26 aprel kuni esa O‘zbekistonning boshqa qismlarida ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda, kuchli yomg‘ir yog‘adi, yashin kelib chiqishi mumkin, shamol tezligi 15-20 m/s ni tashkil qiladi. Havo harorati ertalab 15-17 darajaga tushadi. 26-27 aprel kunlari respublikaning tog‘li va tog‘oldi tumanlarida sel xavfi mavjud”, – deyiladi metereologiya muassasi xabarnomasida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshida hukumat qarori bilan 2015-2017 yillarda Toshkent shahrida kuchli yog‘ingarchilik bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan edi. Mart oyining oxirida poytaxtda kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi.