Yaqin kunlarda Toshkentda kunduz kuni issiq ob-havo 35 darajaga qadar ko‘tarilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmat markazining xabar berishicha, 9-11 sentabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida havoning isishi kuzatiladi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo kechasi 15-20, kunduzi 32-37 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent va boshqa viloyatlarda esa kechasi 13-18, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda kechki ob-havo 10-15 darajani tashkil etsa, kunduzi 20-25 darajali ob-havo hukm suradi.