Bugun Monako shahridagi Grimaldi Forum anjumanlar saroyida Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 2015/2016 yillar mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimdan avval o‘tgan mavsumning eng chiroyli goli (Messi tomonidan "Bavariya darvozasiga urilgan gol) va o‘tgan mavsumning eng chiroyli seyvi (Ter Shtegenning "Bavariya" bilan o‘yindagi seyvi) aniqlandi.
Marosimdan so‘ng esa, Yevropadagi 54 mamlakat vakillari bo‘lgan 54 nafar jurnalist bergan ovozlar asosida aniqlangan yevromavsumning eng yaxshi o‘yinchisi nomi e’lon qilindi.
Bu nom uchun da’vogarlar soni uch nafar bo‘lib, ular "Barselona" hujumchilari Lionel Messi va Luis Suares bilan birgalikda "Real" futbolchisi Krishtianu Ronaldu hisoblanayotgandi.
Ovozlar natijalariga ko‘ra, bu safar Lionel Messi Yevromavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.