Lionel Messi uchun 300 mln yevro to‘laydigan klub topildi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Barselona” yetakchisi Lionel Messini sotib olmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra “shaharliklar” 30 yoshli argentinalik forvard uchun uning shartnomasida belgilangan 300 mln yevro tovon pulini to‘lashga tayyor.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “Manchester Siti” kataloniyaliklar Messi bilan shartnomani uzaytirmaslaridan avval bundan foydalanib qolmoqchi. Boisi, agar Leo “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirsa, u holda uning tovon puli 400 mln yevroga ko‘tarilishi mumkin.