Marhum xonanada Mo‘min Oripovning turmush o‘rtog‘i Kamola Oripova
hamda xonanda Jahongir Poziljonovlar tomonidan suratga olinayotgan "Sevaman dedimmi,
sevaman” filmining suratga olish jarayoni nihoyasiga yetib, ovozlashtirish ishlari
olib borilmoqda.
Filmda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Abduraim Abduvahobov,
Muqaddas Holiqova, aktyorlar Bobur Yo‘ldoshev, Zarina Nizomiddinovani ko‘rishingiz
mumkin. Darvoqe, film rejissyori Jahongir Poziljonov kartinada Zarina Nizomiddinovaning
sevgilisi obrazida namoyon bo‘ladi. Komediya janrida suratga olingan ushbu film
voqealari tafsilotiga ko‘ra, aktrisa Zarina Nizomiddinovaning akalari Jahongir Poziljonovni
kaltaklab, yerga ko‘mib ketishadi... Qolaversa Mo‘min Oripovning o‘g‘li Bilolxo‘ja
Oripov ham filmda o‘ziga xos xarakterdagi qahramon rolini ijro etgan. Qiziq kichik
aktyorning kinodagi katta roli tomoshabinlarda qanday taasurot uyg‘otarkin.
men bu filmni ko'rmagan bo'lsam ham shuni aytishim mumkinki mo'min akamning o'g'li bilolxo'ja oripov o'ynagan bu film juda zo'r chiqqaniga ishonaman hurmat bilan sardor meliqulov