Toshkentda piyonista otasini pichoqlab qo‘ygan o‘g‘il qamalib ketdi
Toshkentda istiqomat qiluvchi, 1980 yili tug‘ilgan Valeriy Kurochkin otasini kaltaklaganida va pichoqlaganlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Keltirilishicha, ayblanuvchining otasi Fyodor Kurochkin spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan bo‘lib, mast holda uyushtirgan janjallari bois ko‘p vaqtini qamoqxonada o‘tkazgan. O‘zining bunday tarjimai holi bois rafiqasi Tatyana va o‘g‘li Valeriy bilan kelisha olmagan.
Bir kuni, ichib kelib, mast holda rafiqasiga gapirgan. Bundan holatga o‘rganib qolgan Tatyana eriga e’tibor bermagach, Fyodor Valeriyning xonasiga kirib, unga e’tiroz birdira boshlagan. Ota-o‘g‘il o‘rtasida dahanaki jang kelib chiqqan. Jahl ustida Fyodor qaynab turgan suv solingan idishni tepib yuborgan. Qaynoq suv Valeriyning oyog‘iga to‘kilgan. Og‘riqdan jahli qo‘zib ketgan farzand otasiga tashlanib, uning boshiga va tanasiga zarbalar bera boshlagan. Ammo bu bilan ham qoniqmay, Fyodorning ko‘kragiga pichoq bilan zarba bergan.
Voqeaga aralashgan Tatyana tez tibbiy yordam xodimlarini chaqirgan. Fyodorning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan. Otasini pichoqlagan o‘g‘il esa qamoqqa tashlangan.
Ana wunaqala yaqinlawtiradi qiyomatni har joyda har xil voqealar, hayot óyinchoq bop ketyapti odamlarga, bazida qorqib ketaman uzoq yawaw nasib qilarmikin dib