Toshkentda SES xodimi ko‘rinishidagi firibgar paydo bo‘ldi
Sanitariya epidemiologiya stansiyasi xodimasi ko‘rinishidagi qizlar Toshkent shahridagi ko‘pqavatli uylarda suvarakka qarshi dorilarni sotib olishni taklif qilishmoqda.
Uz24.uzning “Jamoatchilik nazorati”ga murojaat qilganlar, o‘zlarini go‘zyoki SES xodimi deb tanishtirgan va dori taklif qilayotganlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi yo‘q ekan.
Shundan so‘ng, qizlar ko‘pqavatli uylarda yashovchilarni haqorat qilishgan va janjal chiqarishgan. Kuzatuv kamerasi esa ularning yuzini suratga olgan.
Shuningdek, xonadonlarga TChSJ xodimiman deb o‘zini tanishtirga yigitlar ham yurishganligini ma’lum qilishgan. Biroq ulardan direktori kim ekanligini so‘rashganida qochib qolishgan.
Ushbu masala yuzasidan UZ24 muxbiri Respublika Davlat epidemiologiya nazorat markazi vakili bilan bog‘landi. Markazdan berilgan ma’lumotga ko‘ra, hech kim dizenifeksiya vositalarini tarqatish uchun yuborilmagan va yuborilmaydi ham. Ma’lum bo‘lishicha, aynan shu yoki shunga o‘xshash masalada fuqarolar birinchi marta murojaat qilishayotgani yo‘q.