Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Pazanda - Im Loving You
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Klon-soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sirdaryoda topilgan “dinozavr” mushuk bo‘lib chiqdi

Joriy yilning yozida OAVlarda Sirdaryo viloyatining Xavot tumani Karvonsaroy mahallasida 12-maktab o‘qituvchisi Muhayyo Mirzaliyevning uyidagi ta’mirlash ishlarida mezozoy davriga tegishli dinozavr qoldiqlari topilgani haqidagi yangilik tarqatilgan edi. Bu yangilik ijtimoiy tarmoqlarda, onlayn-nashrlarda keng muhokama qilindi: kimdir bu topilmadan qoyil qolgan bo‘lsa, kimdir bu suyaklar unchalik ham qimmatli emasligi haqida tanqidiy fikr bildirgan.
Ulardan qaysi birlari haq ekanligi borasidagi bahsga olimlar nuqta qo‘yishdi. Bu haqda Geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedshoyev Uzbekistan Today nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Ushbu shov-shuvli holat bo‘yicha O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi va Davlat Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi bilan ilmiy ekspedisiya uyushtirildi. Unning tarkibiga muzeyning uch nafar xodimi kirdi.
Qoldiqlar tekshirilganda, ularga 100-200 yil ekanligi yaqqolgina qo‘rinib turgan. Ko‘rib turganingizdek, u paytda nafaqat O‘zbekiston, balki butun sayyorada ham dinozavrlarning bo‘lishi mumkin emasdi.
Biz qoldiqlar topilgan joyni ham kuzatib chiqdik, bu yerda barcha alomatlarga ko‘ra hech qanaqasiga dinozavr qoldiqlari saqlanib qolinishi mumkin emasdi.
Qoldiqlarning batafsil o‘rganilishi barcha shubhalarga chek qo‘ydi. Paleontologlar tishlar qurilishi bo‘yicha qoldiqlarning qaysi turga mansubligini aniqlaydigan asosiy alomat hisoblanadi. Bu qoldiqlar dinozavrlarga emas, balki mushuksimonlar oilasiga mansubligi alomatlari ko‘rinib turibdi. Biz mushuksimon jonzot bilan to‘qnash kelganimizdan uning bosh chanog‘i suyagi ham darak bermoqda.
Sirdaryolik mutaxassislarni yanglish xulosa chiqarishga, ko‘rinishicha, ularning suyaklarni noto‘g‘ri yig‘ib chiqqanlari sabab bo‘lgan. Ular yiqqan suyaklardan dinozavrga o‘xshash tasvir paydo bo‘lgan.
Bu qoldiqlar qaysi turga mansubligini aniqlashgina qolgan. Bizning dastlabki xulosamizga ko‘ra, bu qamish mushugidir. Biroq bu masalada oxirgi so‘zni hozir qoldiqlarni batafsil o‘rganishni boshlagan zoologlar aytadi”, deb aytmoqda Ahmadjon Ahmedshoyev.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9363 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sirdaryo, dinozavr, mushuk
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Surqashqir Ha tog'ri muwuk yoki..
Like | 0
jamik1894 Naxotki bizdayam denazavir suyaklari busaya
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное