SHOK: Speleologlar O‘zbekistonda dinozavr izlarini topdi
Rossiya, Fransiya va Shveysariya speleologlari O‘zbekistondagi Chulbayir tog‘li massiviga uyushtirilgan ekspeditsiya chog‘ida Boybuloq g‘oridan bir nechta dinozavr izlarini topdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Yekaterinburg speleologlari klubi raisi, ekspeditsiya rahbari Vadim Loginovning so‘zlariga qaraganda, ekspeditsiyada 25 nafar speleolog ishtirok etgan.
Dinozavr izlari tasodifan topilgan. Ekspeditsiyaning maqsadi bir qancha g‘or tizimlarini birlashtiruvchi yo‘llarni ochish bo‘lgan.