Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev 26-dekabr kuni qorbobo obrazida aholi bilan uchrashdi. Bu haqda Telegram’dagi “Sirdaryo xabarlari” kanali xabar bermoqda.
“Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam va prezident tabrigini bayramona kayfiyatda ulashmoqda — viloyat hokimi qorbobo obrazida!”, — deyiladi xabarda.