Bugun, 22 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining sessiyasida Zoyir Mirzayev nomzodi viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etildi va ma’qullandi.
Sessiya yakunida Prezident xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Zoyir Mirzayev endi o‘z faoliyatida adolat, sadoqat, halollik, mas’uliyat, fidoyilik kabi xislatlarni namoyon etib, Toshkent viloyati ahliga astoydil xizmat qilishi lozimligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Zoyir Mirzayev 2021 yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan edi.