Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent shahar hokimi va prokurori jazolandi

Chilonzor tumani hokimi va prokurori ishdan olindi, Toshkent shahar hokimi va prokurori ham jazolandi
Mutasaddilar jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lgan daraxtlarning noqonuniy kesilishi ortidan jazoga tortilgani aytilmoqda. Kun.uz hodisa joyidan reportaj tayyorlangan, mas’ullardan izoh olgandi.

Poytaxtning Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasi avtomobillar harakati uchun kengaytirilishi asnosida aksariyat emanlardan iborat daraxtlar ildizlarining bir qismi qo‘porib tashlangani jamoatchilik o‘rtasida norozilik uyg‘otgan, hodisa joyiga bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Ekologiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov va Prezident administratsiyasi xodimlari yetib borishgandi.

Daraxtlar qirg‘inga uchragan joydan reportaj tayyorlagan Kun.uz muxbiri birlamchi taftish chog‘ida yo‘l bo‘yida qad rostlagan daraxtlarning kamida 7 tasi jiddiy zararlangani, 99 ta daraxtda shikastlanish xavfi borligi aniqlangani haqida xabar bergandi.

Ildizlari kesib tashlangan daraxtlarni ko‘zdan kechirgan Toshkent shahar Botanika bog‘i bo‘lim boshlig‘i Atirgul Xolmirzayeva 50 foizdan ortiq ildizlari kesib tashlangan mana bu emanlar bir necha yilda butunlay qurib bitishini ma’lum qilgandi.

8 avgust kuni Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boshchiligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida kuni kecha Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ro‘y bergan daraxtlarning noqonuniy nobud qilinishi, aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lgani masalasi ham qattiq tanqid ostiga olindi.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Chilonzor tumani hokimi Sh.Mavlonov hamda tuman prokurori I.Bozorov lavozimidan ozod etilgan. Shu bilan birga, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun poytaxt hokimi J.Ortiqxo‘jayevga va prokurori U.Qosimovga qattiq hayfsan berilgan.



Manba:Kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1663 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shahar, jazolandi, hokimi, prokurori, Toshkent
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное