Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Pazanda - Sad Love
. Tanho malagim - Soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sirdaryoda dinozavr suyaklari topildi

Xovos tumani, Karvonsaroy mahallasi, Gulzor ko‘chasi, 41-uyda istiqomat qiluvchi, tumandagi 12-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Muhayyo Mirzaliyevaning oila a’zolari eski uylarini buzayotib, pol taxtasi tagini kavlaganlarida antiqa topilmaga duch keldi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi rasmiy saytiga tayanib, “UZ24” xabar qilmoqda.
U yerdan qandaydir hayvonning suyak qoldiqlari chiqdi. M.Mirzaliyeva geografiya fani o‘qituvchisi bo‘lgani bois, bu suyaklarning odatdagi hayvon suyaklariga o‘xshamasligini payqadi va ularni viloyat o‘lkashunoslik muzeyiga keltirdi.
Muzey xodimlari kutubxonadan shu sohaga oid kitoblarni olib kelib, dinozavrlar oilasiga mansub hayvonlarning skeletlariga qarab, suyaklarni restavratsiya qilib mutaxassislarni taklif qildi.
Taniqli olim Boymirza O‘roqovning ma’lumot berishicha, geologik eralar – arxey, proterazoy, poleozoy, mezazoy, kaynazoy sanaladi. Mezazoy erasining Trias davrida yashash uchun kurash, tabiiy tanlash va irsiy o‘zgaruvchanlik tufayli tanasi kalamushdek keladigan sut emizuvchilar tuxum qo‘yib, ko‘paygan. Mezazoy erasining Yura davriga kelib, 20—25 metr keladigan o‘txo‘r sut emizuvchilar paydo bo‘lgan va ular dinozavrlar deb atalganligi manbalarda qayd etilgan.
“Bu topilmani mezazoy erasiga tegishli bo‘lgan sut emizuvchi hayvonga tegishli skelet deyishga asos bor. Demak, yuzlab million yillar avval viloyat hududida mana shunday hayvonlar yashagan”, — dedi olim.
Bu hayvonning suyaklari saqlanib qolganiga sabab esa tabiiy sharoit mavjud bo‘lgani, ya’ni har tomonlama qulay va quruq joy bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Mazkur qimmatli topilmaga aniqlik kiritish uchun arxeolog olimlarni taklif etish rejalashtirilgan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6445 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sirdaryo, dinozavr suyaklari, topildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
Surqashqir Bu suyak dinazvrniki emaskan, muwuk ekan
Like | 0
baxa655 B6liwi mumlin bunaqa hodisala kop boladi mana man 10 ta qi4anoq topganman uyimizdan mas xarxolda
Like | 0
samiya Rostdanmi ishonish qiyinnn
Like | 0
fahriddin96 Zör Özi Özbekiston tarixiy joyda
Like | 0
9644329695 Bo'lishi mumkun emas. Nimagaki yuz mln yillar avvalgi yo'qolib ketgan jonzotlar shunchaki bir eski uyning polini tagidan chiqmaydiku. Shu davrga qadar qanchadan-qancha yer ko'chkilari, tabiiy ofatlar xozirgi kunga qaraganda juda ko'p ro'y berganini fan tasdiqlaydi. Xozirgi kunda bunday topilmalarni esa ilg'or texnalogiyalar orqali bir necha yuz metr chuqurlikdan topish mumkun bo'lsa kerak deb o'ylayman tag'in bilmadim bu mening fikrim.
Like | 0
podsnejnik Bizam uyoq buyoqni korsak chqarmikinrosa qiziqaman topilmalaga
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное