Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan Machay qishlog‘ida yonar buloq topildi. Bu haqdagi maqola “Narodnoe slovo” gazetasida chop etildi.
Muallifning ta’kidlashicha, buloqning bunday xususiyati haqida 10 yil muqaddam ma’lum bo‘lgan.
“Ilgari bu buloq hech kimning diqqatini tortmas edi, negaki tog‘larda bu kabi buloqlar ko‘p, - deb hikoya qiladi mahalliy aholi vakili, 80 yoshli Salohiddin Majidov. – O‘n yil oldin qish payti Machayga yo‘l olgan bir sayyoh yo‘l bo‘yida dam olishga qaror qiladi. Buloq oldiga o‘tirib, o‘tin terib, olov yoqadi.
Keyin qarasa, olov suvga yetib boradi, suv ham yonib, atrofni isita boshlaydi... Shundan buyon bu joy Yonarbuloq nomini oldi. Uning bu xususiyatini qishloqning har bir odami shaxsan tekshirib ko‘rdi”.
Maqolada buloqning bunday xususiyatlari qanday hodisa bilan bog‘liqligi tushuntirilmagan.