Gobi sahrosida yirik dinozavr skeleti topildi, deya xabar qildi TASS nashri.
Ushbu skeletni yapon va mo‘g‘ul olimlari birgalikda topishgan.
Ushbu topilmaning yoshi 70 mln. yil deya taxmin qilinmoqda. Bu o‘txo‘r zauropodlar yura va bo‘r davrida yashashgan bo‘lishi mumkin. Ularning uzunligi 20 metr, vazni 15 tonnadan 30 tonnagacha bo‘lgan. Zauropodlar quruq iqlimda ham yashab ketaverishgan.