Sirdaryoda gaz ta’minoti boshlig‘i pora bilan ushlandi
Sirdaryoda gaz ta’minoti bo‘limining ta’mirlash xizmati boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, fuqaro M.R. ijarada yashayotgan xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 6,3 mln so‘m zarar yetkazgan.
“Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining ta’mirlash xizmati boshlig‘i M.K. ushbu holat bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish evaziga 1 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.