Toshkentda advokat 5 ming dollar pora bilan ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkentda 5 ming dollar pora olayotgan advokat qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXX tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlik firmasi advokati o‘zining himoyasida bo‘lgan fuqaroni, tanishlari orqali jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Uning tanishiga Jinoyat Kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Namanganda o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirgan shaxs pora olayotganda ushlangani haqida xabar berilgandi.