Qozog‘istondan Kaspiy bo‘ylab ulkan ko‘prik quriladi
Yaqin kelajakda Kaspiy dengizi ustida Qozog‘istondan Ozarboyjonga o‘tuvchi ulkan ko‘prik bunyod etiladi. Ushbu ko‘prikning tarkibiy qismlari ayni paytda Xitoyda ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda “Almati” telekanalida xabar qilindi.
Transkaspiy xadqaro transport yo‘nalishini to‘liq ishga tushirish borasidagi yumushlar nihoyasiga yetmay turib Xitoy yangi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ymoqda. Bugungi kunda Xitoydan Yevropaga quruqlik orqali yuk tashish hajmi dengiz yo‘llariga qaraganda 10 barobar kam. Hattoki Rossiyada Xitoydan kelgan yuklarning katta qismi Finlyandiyaga dengiz orqali yetkaziladi, deyiladi xabarda.