Prezident pensiyalarni oshirish haqida farmon imzoladi
Aytishlaricha, Prezident farmoni bilan 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab yoshga doir pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi. Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida: pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m; eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m; bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m; zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m etib belgilandi. Hujjat hali rasman e’lon qilinmadi.