Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Prezident yangi farmonga imzo chekdi

Prezident sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yana-da kuchaytirishga oid Farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra:
Yarashuv institutini qo‘llash mexanizmi takomillashtirilmoqda.
Shaxsga nisbatan tergov davrida eʼlon qilingan ayblov, jinoyat ishi sudning qaysi instansiyasida ko‘rilayotganligidan qatʼi nazar yarashuv instituti doirasiga tushadigan yengilroq moddaga qayta malakalangan hollarda yarashuv institutini qo‘llash imkoniyati yaratilmoqda.
Ushlangan shaxsning huquqlari poymol bo‘lishining oldini olish maqsadida:
 ushlab turish muddatini jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgan vaqtdan boshlab emas, balki shaxs haqiqatda ushlangan vaqtdan boshlab hisoblash;
 shaxs amalda ushlangan paytdan boshlab, tegishli mansabdor shaxs u bilan bog‘liq surishtiruv va tergov harakatlarini o‘tkazishdan oldin himoyachi bilan xoli uchrashuvni taʼminlashi shartligi haqidagi qoida nazarda tutilmoqda.
O‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarga oid jinoyat ishi bo‘yicha, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash holatlarida himoyachining ishtirok etishi shartligi belgilandi.
Agar ushlangan ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmasa, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilish taqiqlandi.
Aybiga iqrorlik bo‘yicha kelishuv instituti kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, ayrim toifadagi jinoyatlar bo‘yicha shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan, shuningdek, keltirilgan zararni bartaraf etgan taqdirda unga nisbatan qonunda belgilangan eng ko‘p jazoning yarmidan ko‘p bo‘lmagan miqdori va (yoki) muddatigacha jazo tayinlanadi.
Toshkent shahar prokuraturasi tergov bo‘linmalari va Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boshqarmalari zamonaviy kriminalistik uskunalar bilan jihozlangan avtotransport vositalari, protsessual harakatlarni audio va videoga qayd etish tizimlari hamda stenografiya qilish uskunalari bilan taʼminlanadi.
Shu bilan birga, tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarini texnik vositalar va uskunalar bilan to‘liq jihozlash choralari ko‘riladi.


Manba:zamon.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6512 | Рейтинг: 0| Рейтинг: farmon, yangi, Prezident
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное