Pokistonda qurollangan shaxslar AQShning Islomoboddagi elchixonasi xodimlaridan birini o‘ldirib ketishdi.
Polisiya ma’lumotiga asoslanib, Assosheyted Press nashrining xabar berishicha, o‘ldirilgan shaxs Pokiston fuqarosi bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, marhum Iqbol Beyg narkotiklarga qarshi kurash bo‘limida ishlagan. Uni 26 iyul kuni tongida o‘ldirishgan.
Polisiya bu hodisa bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.