Pokistonning Kvatta shahrida sodir etilgan portlash oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Daily Pakistan nashri.
Portlash shaharning savdo hududida, yaqin atrofda chegara xizmati konvoyi bo‘lganda terrorchi-xudkush tomonidan sodir etilgan.
Halok bo‘lganlar orasida chegara xizmatining 3 nafar xodimi ham bor. Shuningdek, 40 ga yaqin odam, shu jumladan 3 nafar polisiyachi yaralangan.
Portlash uchun javobgarlikni "Tahriq-a Tolibon Pokiston" guruhi o‘z zimmasiga oldi. Bu guruh Afg‘onistonning "Tolibon" guruhi bilan aloqasi yo‘q, biroq u bilan yaqindan hamkorlik qiladi.