Pokistondagi suv toshqinlari oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi
Pokistonning shimoli-g‘arbida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 36 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Yana 27 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonalarga yetkazilgan.
Mamlakatning favqulodda xizmatlarida suv toshqinlari Xaybar-Paxtunxva viloyatida boshlangan kuchli yomg‘irlar oqibatida yuz bergani aytildi.
Ta’kidlanishicha, yozgi musson yomg‘irlari vaqtida suv toshqinlari yuz berib turadi. Daryolarga yaqin aholi punktlari aholisiga xavfsiz joylarga ko‘chib o‘tish tavsiya qilingan.