O`zbekiston rahbari Pokiston Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Xub shahrida (Beludjistan provinsiyasi) sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko`plab begunoh insonlarning, ayniqsa ayollar va yosh bolalarning nobud bo`lgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharifga samimiy ta`ziya bidirilgan maktub yo`lladi.
Davlat rahbari halok bo`lganlar va jabrlanganlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik so`zlarini izhor etdi.