Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Yarim yil ichida Rossiya banklarida 35 ming xodim iste’foga chiqarildi

2015 yilning birinchi yarimyilligida Rossiyaning 30ta yirik banki 35 ming nafardan ziyod xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu umumiy xodimlarning 6 foizi demakdir. 2014 yilning shu davrida esa 4 ming nafardan ziyodroq kishi iste’foga chiqarilgan edi.
Ishdan bo‘shatilganlarning yarmidan ko‘pi umumiy xodimlarining 41,4 va 35,6 foizini iste’foga chiqargan «Xoum Kredit» va «Russkiy standart» banklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Sohadagi vaziyat keskin. Ko‘pchilik banklar samaradorlikni oshirishga e’tibor qaratgan. Strategiyalarni qayta ko‘rib chiqish, chakana savdo tarmoqlarini takomillashtirish ishlari hali nihoyasiga yetgani yo‘q. Demak, xodimlarni ishdan bo‘shatish ham davom etadi”, – deydi S&Pning “moliyaviy institutlar” guruhi direktor o‘rinbosari Irina Veliyev.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2442 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rossiya, Yarim yil, banklar, ichida, 35 ming, xodim, iste’foga chiqarildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Bahrom_4383 Juda katta raqam bu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное